vosita
bilan ulashing
1. Biror maqsadga erishish yoki biror ishni amalga oshirish uchun dastak boʻlib xizmat qiladigan narsa, qurol.
-
Axborot vositalari. Texnika vositalari. Transport vositalari. Ishlab chiqarish vositalari.
-
Daryodan suzib oʻtish uchun Umarovda qayiq ham, oddiy suzish vositasi ham yoʻq edi. T. Rustamov, Mangu jasorat
2. Umuman, biror narsani amalga oshirish uchun xizmat qiladigan, foydalaniladigan narsa, omil.
-
Deydilarki, odatda, sevishganlar oʻz koʻngillarini til bilan izhor etolmaydilar, imo-ishora va baʼzan qochiriq gaplar juda yaxshi vosita emish. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Mehnat intizomi shunday bir vositaki, u ishda uyushqoqlikni, tashabbuskorlikni, ijodkorlikni taʼminlaydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Qoraqand mevasi bilan chinor poʻstlogʻidan tayyorlangan sharbat ham qandli diabetni davolashda yaxshi vosita ekan. Fan va turmush
3. koʻm. vzf. (oʻrin-payt kelishigida — vositasida)
-
Orqali, tufayli.faqat u mening vositamda toʻyni boshlash uchun sizdan izn olgani kelgan ekan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
ularning [davlatmandlarning] ziyofatlari vositasida baʼzi madrasalarning mudarrislari, muharrirlari bilan ham tanishdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
vosita soʻzi qatnashgan jumlalar:
Vosita qilmoq
-
Munisxonni shuncha vahima bosdiki, onasini vosita qilishga sabri chidamay, akasi bilan yuzma-yuz oʻtirib gaplashishga majbur boʻldi. A. Qahhor, Sarob
VOSITA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ВОСИТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
vosita so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar