talash
bilan ulashing
1. Talamoq feʼlining birgalik nisbati.
2. Oʻziniki qilish uchun tirishib yopishmoq, aytishmoq, olishmoq.
-
Joy talashmoq.
-
Talashib, tortishib, koʻproq olgan bir ayol oʻz nasibasidan Buvinisoning kosasiga ozgina solib berdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yigit, boshliq bilan pul talashib, aytishib qolgani esiga tushib, yana zardasi qaynadi. M. Mansurov, Yombi
3. Daʼvolashib urush-janjal qilmoq, nizolashmoq, urishmoq.
-
Taxt talashmoq.
-
Nega podsholar urishadi? — Yer-suv talashib urishadi! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qaynsinglisining uy-joyini talashib nima qilardi? — Bunisi oʻziga ayon. Gazetadan
4. Bahslashmoq, tortishmoq.
-
Devorga orqasini berib, yonma-yon turgan oʻrta yoshdagi ikki ayol nima haqidadir talashmoqda edilar. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
-
Bahslashadilar, har kim oʻz yonidagi bilan talashadi. A. Qodiriy, Uloqsa
talash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir qorindan talashib tushgan
Boʻy talashmoq
-
Erta-indin makkajoʻxoringiz oʻzingiz bilan boʻy talashib qoladi. S. Karomatov, Hayot qanday yaxshi
-
Yoʻl yoqasida boʻy talashib oʻsgan teraklar choʻl shamolida ohista shovullaydi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Gap talashmoq
-
Ikki qizcha maktabdan kelayotib, gap talashib qolishdi. H. Nazir, Choʻl havosi
Jon talashmoq
-
Olisda qonli urush bormoqda, shaharlar yonmoqda, odamlar yovuz dushman bilan jon talashmoqda edilar. S. Ahmad, Ufq
Qon talashmoq
-
U qon talashib turgan choʻl ufqiga sokin termilgancha yotaverdi. S. Siyoyev, Avaz
-
Qon talashgan koʻzlar.
-
Qon talashgan yuzlari tirsillab yorilib ketguday. Mushtum
TALASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar