ko‘chma
bilan ulashing
1. Biror joyda turmay, joydan joyga koʻchib yurib ishlaydigan.
-
Koʻchma ustaxona. Koʻchma kino. Koʻchma sirk,
-
Bir yildan beri choʻponlar uchun koʻchma kutubxona tashkil qilib berishlarini soʻrayman-u, hech boʻlmaydi-da! O. Yoqubov, Togʻ qizi
-
Ammo Mohidil koʻchma magazinda aroq sotishni man qilgandan keyin norozi boʻlganliklarini yashirmay qoʻydilar. J. Abdullaxonov, Toʻfon
2. Musobaqada keyingi gʻolibga olib beriladigan.
-
Koʻchma bayroq. Koʻchma kubok.
3. Oʻz oʻrnidan siljib, suzib yoki uchib, boshqa joyga koʻchib yuradigan.
-
Koʻchma muz togʻlari.
-
Orqaga qaytish uchun koʻchma qumlar orasidan yurish kerak. A. Qahhor, Maston
-
Ehtimol, endigina unib chiqqan nimjon gʻoʻzalar koʻchma qum ostida qolgandir. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
ko‘chma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻchma maʼno
-
Soʻz-termin metaforik qoʻllashdan barqaror koʻchma maʼnoga oʻtadi va shu maʼnosi orqali adabiy tilda keng qoʻllanadi. OʻTA;
KO‘CHMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КЎЧМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ko‘chma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar