lab
bilan ulashing
1. Ogʻiz boʻshligʻining kirish qismini chegaralab turadigan harakatchan teri burmasi (Tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq pardalar bilan qoplangan, uning asosini aylanma joylashgan mimika muskuli tashkil etadi).
-
Jahli chiqqanidan lablari pirpirab, qoshi chimirilib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Yoʻlchi naymi labiga qoʻyib, butun zavqi bilan chala ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Idishning, idish ogʻzining aylana cheti; zih.
-
Qumgʻonning labi. Qozon labi. Labi uchgan piyola. Xaltaning labi.
-
Oldiga labi uchgan taqsimchada suv qoʻydim. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
3. Qirgʻoq, yoqa, chet.
-
Daryo labi. Hovuz labi, Koʻlning labi.
-
Buloq, labiga oʻtirib, hovuchini ochganda, kaftida gʻijimlanib yotgan hoʻl roʻmolchaga koʻzi tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Katta tik ariq. Ikki labi togʻ-togʻ tuproq. I. Rahim, Chin muhabbat
4. Yerdan baland yassi sathning cheti, chekkasi.
-
Tomning labi. Supaning labi.
-
[Yoʻlchi] Ayvon labiga oʻtirib, boshini qoʻllari ostiga oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sherbek tepaning labiga, Oqsoyga yuzlanib oʻtirdi. S. Anorboyev, Oqsoy
lab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Labidan bol tommoq
-
Lablaringizdan bol tomadi, yonib turgan olovsiz. K. Yashin, Hamza
Labidan kulgi arimaydi
-
Hamzaning quchogʻidan chiqib, toʻlib-toshib yigʻladi, lekin labidan kulgi arimasdi. K. Yashin, Hamza
Labi labiga tegmaslik
-
Labim labimga tegmay, bismilloni boshlab yubordim [dedi Hoji]. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Ismoilov labi labiga tegmay sayrab ketdi. Mushtum
Labini burmoq
-
Abdishukur shu ham gapmi, deganday labini burdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kanizak labini burib, Sidiqjondan yuzini oʻgirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Labini yigʻishtira olmaslik
-
Toʻpaniso kulgidan labini yigʻishtirolmay, yerga qaradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
LAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЛАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
lab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar