epkin
bilan ulashing
1. Shamol, suv va shu kabilarning oqimi, shu oqimdagi taʼsiri, urinishi.
-
Shabada saraton yaylovining boshni aylantiradigan epkinini olib keladi. A. Muxtor, Chinor
-
Epkinga bardosh berolmay, suv tagida bir-biriga urilayotgan katta toshlarning guldur-gulduri kishini vahimaga soladi. H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota
-
Xirmonchilar epkin turib qolsa, kechalari ham don shopirib chiqishardi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
-
Shu payt uning koʻzi kechki epkinda silkinayotgan supa yoqasidagi boʻychan maysaga tushib qoldi. N. Norqobilov, Bekatdagi oq uycha
2. Umuman, narsaning yoʻnalishi, yoʻnalishdagi urinish kuchi.
-
Bu ziddiyatlarning epkini oʻsha birinchi uchrashuvdayoq esgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
EPKIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭПКИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
epkin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar