epla
bilan ulashing
1. Uddalamoq, uddasidan chiqmoq.
-
Ishni eplamoq. Sen rais boʻlsang, eplaysan.
-
Biron boshqa hunarning boshini tutsa ham eplab ketardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Senlar hali bitta oʻqishni ham eplolmay yuribsanlar. E. Rayimov, Ajab qishloq
2. Toʻgʻri, meʼyoriy holga olmoq, shunday holda tutmoq.
-
Gulnor boshiga ilgan kamzulini joʻrttaga eplay olmagan boʻlib, yuzini bir zumgina Yoʻlchiga koʻrsatib oldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Avval bitta xotinni eplab, keyin boshqasiga qoʻl choʻz! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Yoʻl-amalini qilmoq, epini qilmoq.
-
Eskini eplaguncha esing ketar. Maqol
-
Oz boʻlsa, eplab koʻr, Koʻp boʻlsa, seplab koʻr. Maqol
-
bir oʻspirin ukasi bor ekan, bu ham birovda ishlar ekan, oʻzini eplab ketadi. Oybek, Tanlangan asarlar
EPLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭПЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
epla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar