epchil
bilan ulashing
1. Ishni tez va uddaburonlik bilan bajarish qobiliyatiga ega; uddaburon.
-
Bizda hushyor savdogarlar, epchil boylar bor, ular koʻpaymoqda. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qorachadan kelgan, epchil Mahkamboy aka maslahat oshlari tepasida turgani uchun, har bir toʻy va maʼraka risoladagidek oʻtardi. M. Osim, Tilsiz guvoh
2. Tez, chaqqon harakatli; shunday harakat bilan.
-
Epchil bir yigit darhol kinoapparatini gʻilofidan chiqarib, maxsumni suratga ola boshladi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Hamma Nazir ota kabi shiddatkor, Goʻyo ovga chiqqan epchil, zoʻr burgut. R. Bobojon
-
Keyin epchil oʻrnidan turib, elektr ustarada soqolini qirtishladi. F. Musajonov, Qalb amri
-
Oʻktam chiroyli saman otiga epchil mindi. Oybek, Tanlangan asarlar
EPCHIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭПЧИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
epchil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar