er
bilan ulashing
1. Erkak jinsiga mansub kishi; erkak.
-
Er siylagan yerda aziz. Maqol
-
Angʻizli yerda ot oʻlmas, Iyirli yerda er oʻlmas. Maqol
2. Xotin kishi bilan nikoh ahdida boʻlgan erkak kishi; qalliq (oʻz xotiniga nisbatan).
-
Erga bermoq. Erga tegmoq. Er qilmoq. Erdan chiqmoq. Eldan qolguncha erdan qolgan yaxshiroq. Maqol
-
Yaxshi xotin erni er qiladi, yomon xotin — yer (qiladi). Maqol
-
Qizimning koʻnglini ol, eridan chiqarib, senga beraman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Mard, oliyjanob, jasur kishi.
-
Er boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar, Ot boshiga ish tushsa, suvluq bilan suv ichar. Maqol
-
Er yigit maydonda bilinar. Maqol
-
Er yigit enasi gʻarib oʻlarmi, Enam deb, mastonga koʻngil berarmi? Rustamxon
ER so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
er so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar