izla
bilan ulashing
1. (yurib, qarab, soʻrab) Kimsa yoki narsani topish harakatida boʻlmoq; axtarmoq, qidirmoq.
-
Ish izlamoq. Ona oʻgʻliga qiz izlar edi. Choʻpon yoʻqolgan qoʻylarni izlamoqda edi.
-
Boshim eson, oʻtib ketdi koʻp yillar. Shakarbekni izlab, topmadim xabar. Shirin bilan Shakar
-
Indiniga ertalab ona-bola yoʻlga chiqib, bedarak ketgan otani izlab ketdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
quyuq qoshlari ostidagi yarim ochiq koʻzlari kimnidir izlagandek qaraydir. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U kimnidir izlayotgandek, u yoq-bu yogʻiga picha alanglab qarab turdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Fikrlash, oʻylash orqali topish harakatida boʻlmoq; axtarmoq.
-
Bahona izlamoq. Yangilik izlamoq. Dalil izlamoq.
-
Matchon toʻra Jumagulga erishishga koʻzi yetmagach, uni Isfandiyorxonga inʼom qilib, unga yaxshi koʻrinish yoʻllarini izladi. J. Sharipov, Xorazm
izla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tirnoq orasidan (yoki ostidan) kir izlamoq.
IZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
izla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar