izm
bilan ulashing
1. Boshqarishda, biron-bir ishni bajarishda va shu kabilarda ixtiyor, erk.
-
-Yakshanba kuni toʻyi, — dedi u birkesarlik qilib. — Qizning izmi otada. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Qurilishda men boshliqman, Boʻriyev. Mablagʻ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening izmimdasiz. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Hoji bobo doʻkonning izmini menga topshirib, ichkariga kirib ketdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
2. eskirgan Amr, farmon; ijozat, ruxsat.
-
-Janoblari ham keldilar, — ellikboshi oʻtirgan joyidan eʼlon qildi va mirzoning izmini kutdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
izm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Izm bermoq
-
Xiyol qoʻzgʻalmoqchi edi, Dadashev izm bermadi. I. Rahim, Taqdir
Izmiga solmoq
-
Mexanizatorlar mashinalarni oʻz izmiga solib, paxtadan yuqori hosil olmoqdalar. Gazetadan
IZM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЗМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
IZM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan IZM so‘ziga berilgan ma’nolar
izm so‘ziga yangi izoh qo‘shing
izm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar