oxur
bilan ulashing
Chorva mollariga (qoʻy, echki, sigir, ot) yem-xashak solib beriladigan moslama (idish).
-
Ot oxuri. Mol oxuri.
-
Toshtemir quduqdan bir necha marta suv chiqarib, otlarni sugʻordi, oxurlarga beda soldi. H. Gʻulom, Feruza
-
Gʻulomjon otxonaga kirib, toʻkilgan bedalarni oxurga terib soldi, qorongʻida ham koʻzlari chaqnab turgan samanni peshonasidan silab, suyib qoʻydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
oxur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baland (yoki katta) oxurdan yem yegan (yoki suv ichgan)
-
[Oʻrmonjon:] Sen katta oxurdan yem yeb oʻrgangansan, chidolmaysan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Said aka, Yaxshiboyevga suykalmang, sizga pand beradi, katta oxurdan yem yeb oʻrgangan odam, ajabmaski, qulay kelgan onda sizni oyogʻiga patak qilib ketsa. M. M. Doʻst, Lolazor
-
U chet ellarda diplomatlar bilan gaplashgan, katta oxurdan suv ichgan. S. Ahmad, Jimjitlik
OXUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОХУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oxur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar