oybolta
bilan ulashing
1. tarixiy Boltaning tigʻi yarim oy shaklida, ikki uchi gajak boʻlib qayrilib kelgan, dastasi uzun bir turi; tabar (Xonlik davrlarida harbiy qurol sifatida ishlatilgan).
-
Yelkalariga oybolta qoʻygan soqchilar shahar darvozasi yonida saf tortgan edi. M. Osim, Elchilar
2. Boltaning qassoblar goʻsht chopadigan va roʻzgʻorda ishlatiladigan kichik bir turi.
-
Mamasidiq qoʻlidagi ketmonni yoniga surib qoʻyib, oybolta bilan yulgʻun ildizini bir urishda uzib tashladi. S. Mahkamov, Guliston
OYBOLTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЙБОЛТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oybolta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar