yutoq
bilan ulashing
1. Nihoyatda suvsamoq, chanqamoq.
-
Ochil akalar yana yarim tunda qaytishdi. Hammalari kela solib, yutoqib suv ichishdi-da, tappa tashlab, toshdek qotishdi. A. Muxtor, Chinor
-
Kampir manniy krupa bilan shakar solib sut pishirdi. Uni shishaga solib bergan edi, bola xuddi ona koʻkragiga yutoqib yopishganday, ikki qoʻli bilan idishni changallab, miq-miq shimira ketdi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
2. Gʻoyat ochqamoq, ochlik his etmoq.
-
Umida qoʻlidagi zogʻora nonni yutoqib kavshardi. Sh. Xolmirzayev, Oʻn sakkizga kirmagan kim bor
3. Umuman, biror narsaga oʻta talab boʻlmoq, ehtiyoj sezmoq.
-
Derazani ochib tashlaylik, Uy yutoqib oladi nafas. U. Qoʻchqorov
-
Arslon kabi tutoqib, Dev singari yutoqib. Z. Diyor
-
Bobur yutoqib, oldinga intildi navkarlar qurshovini yorib chiqqanda, yuziga shabada tegib, xiyol yengillashdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
YUTOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮТОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yutoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar