yutin
bilan ulashing
1. Tomoqqa yaqin suyuqlikni yutmoq, yutgandek harakat qilmoq.
-
Chol qult etib yutindi. Oʻychan koʻzlarini nayga qadab, tikilib qoldi. Oʻ. Hoshimov, Koʻprik
-
Lolaning koʻziga yosh keldi, lekin yigʻlamadi. Quruq yutinib, koʻz yoshini qaytarib yubordi. Yo. Shukurov, Birinchi parvoz
2. Ichkisi, yegisi kelib, tomogʻida yutish harakatini qilmoq.
-
Choyxonachi keltirib qoʻygan choyni qaytarayotgan edi, dimogʻiga osh hidi urilib, yutindi. Sh. Xolmirzayev, Miltiq otildi
-
Melivoy haqiqatda choʻllagan ekan, yutinib, piyolaga qaradi. F. Musajonov, Nozik masala
YUTIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yutin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar