yut
bilan ulashing
1. Boʻgʻiz muskullari koʻmagi-da ogʻizdagi biror narsani tomoqsan oʻtkazmoq; ichmoq; yemoq.
-
Dori yutmoq. Suv yutmoq. Doʻsting uchun zahar yut. Maqol
-
Yutga-nim — oʻzimniki, chaynaganim — gumon.
-
Er bechora xuddi qattiq yotgan kasaldek mayni qult-qult yutibdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Eʼtibor opa ishtaha bilan tolqon yamlab yutayotgan Toʻlqinjonning tim qora jingalak sochini siladi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Ichiga tortmoq, soʻrmoq.
-
Papiros tutunini yutmoq.
-
Bolaligidan savagʻich changini yutib, qirqqa kirmay, oʻpkasi teshilib oʻlgan otalar, boʻzchi taqdirini bila turib, bolalariga hamon shu kasbni meros qoldirar edilar. A. Muxtor, Opa-singillar
3. koʻchma Biror nima deyishdan oʻzini tiymoq, oshkor qilmaslik.
-
Ergash aka avvalgi shaxtidan tushdi nimadir demoqchi edi, gapini yutdi. N. Safarov, Qahramonning tugʻilishi
-
Toʻsatdan kelib qolgan Fotimani koʻrib, yigitlar nafratlarini yutdilar. P.
4. Tursun, Oʻqituvchi.
-
Gʻamni yutdi, yutdi alamni. Dard quritdi koʻzdagi namni. E. Rahim.
-
[Bibixatcha] Gʻira-shira tongda iztirobini ichiga yutib, qoʻradan chiqdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
— Mahkam aka, — dedi Gavhar, — koʻnglingizga kelgan hamma narsani ayting, oʻtgan yildagiday ichingizga yutib yurmang. P. Qodirov, Uch ildiz
5. Oʻz qaʼriga tortmoq, yoʻq qilmoq.
-
Nega xudoning qahri kelmas ekan? Nega bu ablah boyni yer yutib yubormasikin-a? H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
-
Urush ona ardoqlab tarbiyalagan farzandlarni baloday yutadi. T. Rustamov, Mangu jasorat
yut soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xoda yutganday
-
Xudododbek otining jilovini ushlagancha, xoda yutgandek gʻoʻdayib turar edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hoy, shum-oyoq, nima qilib turibsan xoda yutganday. E. Raimov, Ajab qishloq
Yutaman deydi
-
Huvullab qolgan uyda yolgʻiz yashash qiyin. Hovli yutaman deydi. S. Ahmad, Ufq
-
Katta uy, hamma yoq sukunat, naq yutib yuboray deydi. N. Fozilov, Diydor
Qon yutmoq
-
Dehqon yeriga chigʻiriqdan suv chiqarish uchun navbat yetguncha qon yutardi. N. Safarov, Olovli izlar
1. Biror ish, musobaqa, sport va shu kabilarda gʻalabaga erishmoq, muvaffaqiyat qozonmoq.
-
Shaxmat oʻyinida yutmoq. Kurashda yutib chiqmoq.
-
Arslon degan bir yigit kurashda tengqurlarini yutdi. A. Eshonov, Bir ogʻiz soʻz
-
Tabrik qilaman, brigadangiz bu chopiqda ham yutib chiqdi. Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi
2. Lotereya, qimor va shu kabilar oʻyinda pul yoki biror narsani qoʻlga kiritmoq.
-
Zayomga yutmoq. Lotereya biletiga mashina yutib oldi.
-
— Erim yutgan pullarni, qimmatbaho buyumlarni birga olib joʻnadim, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Foydalanmoq, naf koʻrmoq.
-
Bu ishdan men hech narsa yutmayman.
-
Dushman oʻz kuchlarining ichkarilikdagi pozitsiyasiga mustahkam oʻrnashib olishi uchun vaqtdan yutish payida edi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
-
Xoʻp, xatni odamlarga koʻrsatarsiz, ular xotinim ikkitaligini bilarlar Bundan siz nima yutasiz? N. Safarov, Hayot maktabi
YUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar