yurt
bilan ulashing
1. Maʼlum xalq, aholi yashab turgan joy; oʻlka, mamlakat, vatan.
-
Tugʻilib oʻsgan yurtim. Oʻzga yurtda shoh boʻlguncha, oʻz yurtingda gado boʻl. Maqol
-
Bahor! Oʻziga xos yoqimli viqor bilan yurt uzra odim tashlaydi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
2. Biror mamlakat yoki oʻlkada yashovchi xalq; el; aholi.
-
Yurt puflasa, shamol turadi. Maqol
-
Ana xolos, qozi pochchang yurtga osh berayotgan boʻlsalar, tuyaning dumi yerga tegibdi-ku. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
yurt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yurt soʻramoq
-
Agarda mening yurt soʻramoqqa va shu vosita bilan boylik orttirmoqqa orzum boʻlsa, boshqalardan ham koʻra oʻz oʻgʻlimga — senga maʼlum boʻlmasmidi? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Bilim yurti
-
Pedagogika bilim yurti.
-
Muborakxon bilim yurtida oʻqib yurgan paytlaridayoq tarbiyachi boʻlib ishlay boshlagan edi. R. Fayziy, Hazrati inson
Oʻquv yurti
-
Oliy oʻquv yurti.
YURT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YURT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YURT so‘ziga berilgan ma’nolar
yurt so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yurt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing