oydin
bilan ulashing
1. sifatdosh Oy chiqib, hamma yoq oy nuri bilan yorigan, yorugʻ.
-
Oydin kecha,
-
Kecha oydin, qabriston tip-tinch. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Oy nuri, yogʻdusi.
-
[Otabek] Ichidan taqingan xanjarini qinidan sugʻurib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Olisdagi uylarning toshari oydinda yiltiraydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
3. koʻchma Aniq, koʻrinib, bilinib turgan, ravshan.
-
Bu masala hamma uchun oydin.
-
[Nor:] Hammaga qorongʻi boʻlsa ham, menga oydin. Hamza, Paranji sirlari
-
Bular bari, ogʻa, oftobday oydin gaplar, lekin shularni Yaxshiboyevning ham oʻylagan-oʻylamaganligi meni bir oz taajjubga soladi. M. M. Doʻst, Lolazor.
4. Oydin (xotin-qizlar ismi).
oydin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻr (yoki xira) oydin
-
Xira oydinda qop-qora haykalday boʻlib bir otliq koʻrindi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Sutdek oydin
-
Mengliboy chakmonini yelkasiga tashlab, qoʻylardan xabar olgani tashqariga chiqqanda, sutdek oydin edi. S. Ahmad, Yulduz
Oydinda oyogʻim qiladi
OYDIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЙДИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oydin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar