oy
bilan ulashing
1. astr (O — katta). Quyoshdan nur olib, yogʻdu sochuvchi samoviy jism, Yerning tabiiy yoʻldoshi.
-
Oʻn toʻrt kunlik oy. Toʻlin oy. Oy nuri. Oy chiqdi. Oy botdi. Oyning yuzidagi dogʻlar. Oyning Yer atrofida aylanishi.
-
Oyni etak bilan yopib boʻlmaydi. Maqol
-
Kechki gullar ochilib turibdi. Koʻkda tanho oy kezmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Astronomik yilning oʻn ikkidan biriga — Oyning Quyosh atrofidan bir marta aylanib chiqish muddatiga yaqin vaqt oraligʻi; oʻlchov birligi: 28, 29 30 yoki 31 kunlik davr.
-
Oy boshi. May oyi. Bir yil — oʻn ikki oy. Bu orada uch oy oʻtdi. Yoz oylari ham oʻtib ketdi. Oyning oʻn beshi qorongʻi boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ. Maqol
-
Oʻgʻlim bechora oy oʻtmasdan boʻzchining mokisidek qatnab tursa. A. Qodiriy,Oʻtgan kunlar
3. Uch-toʻrt kunlik oy shaklidagi bezak yoki belgi.
-
Mezana ustidagi oy.
4. Ayollar ismi tarkibiga kiradi yoki ayollar nomiga qoʻshilib, erkalash, hurmatni bildiradi.
-
Oyposhsha, Oyqiz, Oytoʻti, Oynisa; Tursunoy. Shirmonoy, Qunduzoy.
oy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oy yuz
-
Oy yuzing qora chimmat zulmidan qutultirgʻil. Chiq qorongʻi turmushdan, nur ichinda javlon qil. Hamza. Oy desa — oyga, kun desa kunga oʻxshaydi Juda goʻzal, juda ham chiroyli.
Oydan oy, kundan kun oʻtib
-
Oydan oy, kundan kun oʻtar daryodil, Menga tanho boʻlgan sen yoʻqsan mohim. Habib Abdunazar, Anjir guli.
Oy-kun(lar) oʻtib
-
Shu yoʻsin oromsizlik va besaranjomlik ichida [Otabekning] oy-kunlari oʻtib turar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Oy borib, omon kel
-
U[Elmurod] yoʻlda ketar ekan Oy borib, omon keling! deb, oq yoʻl tilab qolgan Gulsumni hiylagacha oʻylab yotdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Oy koʻrmoq
Oyi toʻldi
-
Kumushning oyi toʻlmasdanoq, u [onasi] beshik yasatish bilan mashgʻul edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Oykuni yaqin
OY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar