oxirat
bilan ulashing
din. Odam oʻlgandan keyin boradigan dunyo, olam; dunyoning tugash kuni, qiyomat.
-
[Azizboy:] Bu foniy dunyoda och oʻldi nima-yu, toʻq oʻldi nima? Oxirati baxayr, imoni basalomat boʻlsin. N. Safarov, Sharq tongi
-
— Bu dunyo besh kunlik, yolgʻon dunyo. Oxiratni esdan chiqarmang, ha! — dedi domla. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nahot oxiratga yuz bursa jahon, Nahot karomatlar haq chiqsa, nahot. A. Oripov, Yillar armoni
oxirat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oxirat oshi
Oxiratda
-
Yigirma soʻm qarz edi, oxiratda ham javobini beradi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
U oxiratda ham tuzalmaydi.
Oxiratini kuydirmoq
-
Maʼlum boʻlishicha, yer yutgur Asqad onasining oxiratini kuydirib, ukalarining rizqini qiyib, yetmish soʻmning hammasini oʻgʻirlab, shaharga ketib qolibdi. Yoshlik
OXIRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОХИРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oxirat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar