juvon
bilan ulashing
1. Erga chiqqan, ammo hali yosh ayol.
-
Toʻxta xola atrofga olazarak qarab turgan edi, oʻrta yashar bir juvon kelib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Yoshi ortib borayotgan har bir qiz, har bir juvon singari, Toʻraxon ham bola koʻrishni xohlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Erdan chiqqan yoki tul qolgan xotin.
-
[Qutidorning] Bordi-keldi bitta juvon qizi bor-ku, muncha, toʻyni boshqa, nikohni boshqa qilamiz, deganiga hayronman [dedi birinchi kishi]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Juvon olmay, qiz oling: Qizning qiligʻi yaxshi. Oq olma, qizil olma.
3. Iffatini yoʻqotgan qiz.
-
— Qizmi, juvonmi, Gulnormi — bar bir, men dadamning yosh xotin olishini xohlamayman, — dedi Salim. Oybek, Tanlangan asarlar
JUVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖУВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
juvon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar