oxir
bilan ulashing
1. Choʻziq narsaning soʻnggi chegarasi, eng keyingi qismi, poyoni.
-
Yoʻlning oxiri koʻrinmaydi.
-
Nusratbekning uyi shu kimsasiz, sokin koʻchalardan birining oxirida — paxtazor chegarasida joylashgan ekan. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Davomli narsalarning soʻnggi qismi, xotimasi.
-
Dostonning oxiri, Spektaklning oxiri.
-
[Usta Olim] Xatning oxirida: Sizdan bir kun soʻng Homid oʻldi deb yozar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning soʻnggi, oxirgi dami, nihoyati.
-
Yilning oxiri. Qishning oxiri. Oxir boʻlmoq.
-
Shunga qaramasdan, bu maktab yil oxiriga borib, oʻzlashtirish 160, davomat 200 foiz boʻldi, deb axborot beribdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
4. Oqibat, natija; pirovard.
-
Yomon ishning oxiri voy.
-
— Hay, ishqilib, oxiri baxayr boʻlsin, — dedi Maxsum. P. Tursun, Oʻqituvchi
5.
oxir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oxir zamonda
-
— Oxir zamon, deb shuni aytadilar-da. Qizlarda sharm-u hayo yoʻq. Falonchi ochilibdi, pismadonchi paranjisini tashlabdi, degan gaplar, koʻpayib ketyapti, — dedi Toʻtibu. S. Zunnunova, Gulxan
Oxir peshin
-
— Vaqt: oxir peshin boʻlib qolgan edi. Qornim ochgan — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
OXIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОХИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oxir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar