izoh
bilan ulashing
1. Soʻz, ibora yoki voqea-hodisa va shu kabilarga berilgan sharh; tushuntirish.
-
Kitob izoh va sharhlar bilan taʼminlangan.
-
Zaynab keyingi soʻzlarga tushuna olmagan Kumushdan izohlar olmoqni edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Meningcha, savol ravshan, izohga ehtiyoj yoʻq! A. Qahhor, Munofiq
2. Matnning ayrim yeriga kiritilgan yoki ayrim masalaga berilgan qoʻshimcha maʼlumot, tushuntirish, eslatma, uqtirish.
izoh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Izoh bermoq
-
Soʻzga izoh bermoq;
-
— Bizning teatr hali yangi-da. Usta oʻynovchilar yoʻq, — deb izoh bera boshladi Abdishukur. Oybek, Tanlangan asarlar
-
—Albatta, albatta, — dedi Sunnat va Elmurodga izoh berdi: — Bu xotinning ukasi bizda xizmat qiladi. Men bilan juda inoq. Shuhrat, Shinelli yillar.
IZOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЗОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
izoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar