burun
bilan ulashing
1. (3-shaxs birlikda burni)
2. Hidlash, hid bilish aʼzosi; shu aʼzoning tashqi qismi.
-
Qirra burun. Qiygʻir burun. Burun katagi. Oʻrtada burun boʻlmasa, koʻz koʻzni oʻyar. Maqol
-
Sharofatning yupqa lablari koʻkarib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Iskandar, yomon hid kelganday, burnini jiyirib, oshxona tarafga qaradi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Uning burun va yuzlari sovuqdan qip-qizarib ketgan. S. Zunnunova, Olov
3. so‘zlashuv tili Joʻmrak.
-
Choynakning burni.
4. Qulfning kalit solinadigan teshigi.
-
Nuri bugun Gulnorning uyini xoli topib, kaliti burnida unutilgan bir qutini ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xayriyat, eshikning kaliti burnida qolgan ekan S. Ahmad, Saylanma
5. Kemaning old qismi, tumshugʻi.
-
Temur Malik eng oldinda borayotgan kemada edi, u ikki qavat sovut va dubulgʻa kiyib, kema burniga chiqdi. M. Osim, Temur Malik
burun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Achchigʻi burnining uchida
Burni bilan gapirmoq (yoki kuylamoq)
-
U [Sobiraxon] nima toʻgʻridadir oʻylar, ixtiyorsiz boʻlsa kerak, allaqanday hazin kuyni burni bilan kuylab borar edi. A. Qahhor, Xotinlar
Burniga suv kirmoq
-
Bu qanday gapki, axir, hali ham Hamzaxonning burniga suv kirmabdi. Maktabni shariat nomi bilan necha bor bogʻladik, u oʻzboshimchalik bilan qayta ochaverdi. K. Yashin, Hamza
-
U topgan-tutganini qimorga yutqazib, oʻyindan chiqdi, uning burniga erta suv kirdi. Yoshlik
Burnidan ip oʻtkazib olmoq
-
Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip oʻtkazib oldi bu dogʻuli. Mushtum
Burnidan osha (yoki ortiq) gapirmoq
-
Dunyoning jabr-u jafosini boshidan oʻtkazgan. Hech bir odamga burnidan osha gapirmaydi. Yodgor
Burnidan tortsa (yoki burniga chertsa)
-
Gavdasining shunday kattaligiga qaramay, qandaydir uzoq kasaldan turgan odamdek, burnidan tortsa, yiqilay deb qoldi. Oydin, Bechora
-
Mana bugun ham iligidan darmoni qurib qaytdi. Burniga chertsang, yiqiladi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
Burnidan chiqdi
-
Urish eshitib, oʻynagani ham burnidan chiqdi.
Burni koʻtarilmoq
-
Xoʻjayinning laychasi-ku, burnini bir qarich koʻtarganiga hayronmiz. Oybek, Tanlangan asarlar
Burnini tishlab qolmoq
-
[Gulnor:] Bu hujraga boshlab keldingiz, menga juda yoqdi, endi uyga qaytish yoʻq, Mirzakarimboy burnini tishlab qolsin. Oybek, Tanlangan asarlar
Burni ham qonamadi
Burunning tagida (yoki ostida)
Burun suqmoq (yoki tiqmoq)
-
Olimxonning fazilatlari sanoqsiz: u, ellikboshi boʻlgani uchun, hamma toʻy, maʼrakalarga burnini tiqadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ikki qoʻlni burniga suqib (yoki tiqib)
-
Ertasi kun yoki shu kun kechasiyoq ikki qoʻllarini burunlariga tiqib xoʻjayinlarining huzuriga boradilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
[Yoʻlchi:] Man kuchimni, terimni toʻkay, foydasini soyaparvar boylar koʻrsin, man ikki qoʻlimni burnimga tiqib qolaveray! Qani insof! Oybek, Tanlangan asarlar
1. (3-shaxs birlikda burni)
2. geogr. Quruqlikning suv havzasiga koʻproq turtib kirgan choʻzinchoq qismi.
-
Chelyuskin burni.
-
Jarning narigi tomoni bir tepadan iborat boʻlib, janub biqini maʼlum Chaqar suvi bilan, gʻarbi Boʻzsuv va Koʻkcha arigʻi bilan oʻralgan burun. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
1. ravish Ilgari, ilgarigi, oʻtgan vaqtlarda.
-
Ahvol burun qanday boʻlsa, hozir ham shunday emas.
-
Mana bu joylar burun Abduvaqqos degan bir kishiga tegishli ekan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. ravish Oldin, ilgari, muqaddam.
-
Yaxshi xotin kulmasdan burun kuldirar, Yomon xotin oʻlmasdan burun oʻldirar. Maqol
-
Bir kun burun sochsang, hafta burun oʻrasan. Maqol
-
Elmurod Gʻani Mardonovning soʻnggi xatini bir haftacha burun olgan boʻlsa ham, javob yoza olmagan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻm. (chiqish kelishigi bilan) Muayyan voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqida soʻz borayotgan paytdan oldin boʻlganligini bildiradi.
-
Bundan besh yil burun.
-
Ish moʻljaldan oʻn besh kun burun boshlandi.
-
Erta bilan, oftob chiqmasdan burun boyning hovlisida ikki arava tayyor boʻldi. S. Ayniy, Qullar
burun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burunlari
-
El-yurt boshidagi ogʻir kulfatni burunlari, faqat kambagʻalchilikdan deb bilib, bundan narisini koʻrmay kelgan boʻlsa, endi — o, yoʻq. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Hammadan burun
-
Zolotaryovka qishlogʻiga Ahmadjon va uning boʻlinmasi hammadan burun kirib bordi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Hammadan burun shu masalani hal qilish kerak.
-
Hammadan burun shartiga toʻgʻrilab, bayroqni osmonga koʻtarib qoʻyganingni qara. M. Muhamedov, Qimmat bilan Himmat
Eldan burun
Degrezlikda ishlatiladigan, doʻkon tarnovlaridan kirgan shamolni koʻmirga yoʻnaltirish uchun yasalgan quyma choʻyan moslama.
BURUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar