burungi
bilan ulashing
1. Avvalgi, ilgarigi, oʻtmishdagi.
-
— Tagʻin nima deysiz? — Hech narsa de-mayman Lekin siz ikki yil burungi Kumush emassiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Toʻxtayev chamasi bir soniya burungi gaplarini unutib, savol berdi. Sharq yulduzi
2. Qadimiy, koʻhna, eski.
-
Burungi gap.
-
Burungi zamonlarda Ibn Sino, Luqmoni Hakim oʻtgan. Ular har bir kasalga davo topgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Burungi vaqtda erlarga choʻri boʻlgan xotinlar hozir erlar bilan teng. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Ismoil akaning aytishiga qaraganda, burungi zamonda boyvachchalarning jilovdor mulozimlari boʻlar ekan. A. Muxtor, Tanlangan asarlar
burungi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burungilar
-
Burungilar yugurganniki emas, buyurganniki, deyishgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
BURUNGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУРУНГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
burungi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar