boshqa-boshqa
bilan ulashing
1. Bir-biridan boʻlak, alohida-alohida; mustaqil.
-
Shaharga kirganda, ular boshqa-boshqa koʻchalarga burilib, ajralishdilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Joy ajratdi charx bizga Boshqa-boshqa xonadan. A. Obidjon, Ketmagil
2. Bir-biridan farq qiladigan; har xil.
-
Lekin til bilan koʻngil boshqa-boshqadir, oʻgʻlim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tilimiz, dinimiz, mazhablarimiz boshqa-boshqa! K. Yashin, Hamza
-
Ularning basharasi, ishi boshqa-boshqa boʻlsa ham, yuragi bitta boʻlar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
BOSHQA-BOSHQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШҚА-БОШҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boshqa-boshqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar