boshoq
bilan ulashing
1. Bugʻdoy, arpa singari oʻsimliklarning poyasi uchidagi don hosil boʻladigan choʻzinchoq toʻpguli hamda don boʻlib yetilgan shunday toʻpgul, bosh.
-
Boshoq chiqarmoq (tortmoq).
-
Bir gal yarimta boshoqni sudrab ketayotgan chumolini koʻrganman. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Mehnating singani uchun har boshoq Oyogʻosti boʻlsa, koʻrinar uvol. Gʻ, Gʻulom
-
Normatga bu yerda har boshoq tagida bir odam yotganday tuyuldi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. aynan Mashoq.
-
Boshoq termoq.
-
Kolxozning bugʻdoyi yigʻib boʻlingach, boshoq terishga ruxsat berishadi. Sh. Joʻrayev, Bola dunyoni tebratar
-
Koʻrsaki, bolalar shamolday yelib Boshoqlar teradi uyqularida. Sharq yulduzi
eskirgan Kamon oʻqining boshi, uch qismi.
BOSHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОШОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BOSHOQ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BOSHOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
boshoq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
boshoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar