tuzla
bilan ulashing
1. Tuz sepib qoʻymoq, tuz sepmoq, tuzga bulamoq.
-
Goʻshtni tuzlamoq.
-
Katta chipor tovuqni tutib, bogʻlab qoʻy, kechqurun soʻyib beraman, tuzlab qoʻyasan, erta bilan bir shoʻrva pishirasan. S. Ayniy, Qullar
2. Tuz sepib yoki namakobga solib, uzoq vaqt buzilmaydigan yegulik tayyorlamoq.
-
Bodring tuzlamoq. Karam tuzlamoq.
-
Oshkoʻklar va ularning ildizlari sabzavotlarni tuzlash, marinovka qilish va konservalashda juda ham bebahodir. Gazetadan
3. koʻchma s. t. Gap bilan boplamoq, tuzatmoq.
-
Ularning fikricha, koʻpni koʻrgan mugʻambir va pishiq domla oʻqituvchi bolani yaxshilab tuzlamoqda va damini qaytarib qoʻymoqda edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mavli Mardiyevich telefondagi kishini rosa tuzladi. Mushtum
4. ko‘chma, dag‘al Boplab aldamoq, firib bermoq, laqillatmoq.
-
Dallol boʻlib, pul topishni koʻzlabman, Qoʻlin siltab, mol sotganni tuzlabman. O. Qoʻchqorbekov
-
Uni oʻzim bilan birga Qashqarga olib ketaman, yoʻlda tuzlayman jazosi bir piyola sharob K. Yashin, Hamza
TUZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuzla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar