tuzoq
bilan ulashing
1. Qush yoki boshqa ovlanadigan hayvonlarni tutish uchun odatda qildan yasaladigan sirtmoqli moslama.
-
Tuzoq qoʻymoq (qurmoq).
-
[Suvonjon] Ot dumidan eshib toʻqilgan tuzoqlarni kaklik kelishi ehtimol topilgan yerlarga shaxmat tartibida oʻrnashtirardi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Umuman, qoʻlga tushirish yoki oʻziga ogʻdirish uchun koʻrilgan tadbir yoki ishga solingan vosita; dom.
-
Bilmagan ishga urinma, Urinib tuzoqqa ilinma. Maqol
-
Lekin oʻzi lapashang boʻlsa ham, balo! Qora-suvning gulday qizini tuzogʻiga tushirgan. O. Yoqubov, Izlayman
-
Jon talvasasida qolgan dushman Umurzoq otani tuzoqqa tushirish yoʻliga oʻtdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
[Solihboy:] Xayriyat, bu ish ham xamirdan qil sugʻurganday joʻngina bitdi. Gʻofirni endi butunlay ipsiz tuzoqqa ilintirdim. Hamza, Boy ila xizmatchi
tuzoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tuzoq qoʻymoq
-
Muhiddin pulga tuzoq qoʻyib, endi boshqa shaharlarga ham qatnaydigan boʻlib qoldi. S. Abduqahhor, Uy ostonadan boshlanadi
-
Sodda ota, onamizni urib yoʻldan, Bizga tuzoq qoʻymoqdalar oʻng-u soʻldan. Mushtum
Tuzoqqa tushmoq (yoki ilinmoq)
-
Tuzoqlarga beshta kaklik tushibdi (ilinibdi);
-
Faqat Nigora oʻziniki boʻlsa, qoʻlidan chiqib ketmasa, uning tuzogʻiga ilinib qolmasa bas. S. Anorboyev, Oqsoy
TUZOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЗОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuzoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing