tuzuk
bilan ulashing
1. Buzilgan-netgan yeri yoʻq, ishlab turgan yoki ishlay oladigan.
-
Televizor tuzukmi, buzuqmi? Motor tuzuk ishlab turibdi.
2. Kamchiligi, yomon yeri yoʻq; durust, yaxshi; binoyi.
-
Tuzuk yigit. Bu ish tuzuk tashkil qilinmabdi.
-
Oʻzi tuzuk shoir, biroq tanqidni koʻtarmagani yomon. A. Qahhor, Sarob
-
Kenja yigit qishloqda Tura oldi bir oycha, Turmush tuzuk boʻlsa-da, Ammo baxti uzoqda. Z. Diyor
3. Dard-kasali yoʻq, sogʻ, sogʻlom; sogʻligʻi qanoatlanarli.
-
Ota, tuzukmisiz? Tuzuk boʻlib ketdingizmi?
-
Xayriyat, onangizning ahvoli ancha tuzuk boʻlib qoldi, isitmasi ham qaytdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Dadasi, endi tuzukman, qizimni saharlari uygʻotmang. A. Qahhor, Bemor
4. ravish Qoidasi bilan, durustgina, yaxshilab.
-
Tuzukroq, mazmunliroq gapirsangiz-chi. Tuzukroq oʻtiring.
-
Xayolingiz qayerda, nima soʻzlayapsiz, oyi? Tuzukkina gapiring! Oybek, Tanlangan asarlar
5. tasdiq yukl. Yaxshi. xoʻp, mayli, maʼqul.
-
— Ertaga kitobni ola kel, tuzukmi? - Tuzuk, olib kelaman
-
— Siz kirgandan keyin men eshikni ustingizdan yopib olaman-da, bir ozdan soʻng oldingizga kelinning yolgʻiz oʻzini kirgizaman, tuzukmi? — Tuzuk. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
tar. huq. Qonun-qoidalar toʻplami; nizom.
-
Amir Temur tuzuklari.
TUZUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЗУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuzuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar