tug‘
bilan ulashing
1. Boʻyida, qornida boʻlgan bolani, oy-kuni yetgach, dunyoga keltirmoq.
-
Ust-ustiga egizak tugʻmoq. Xotini oʻn yil mobaynida ikki qiz, bir oʻgʻil tugʻdi.
-
Gʻanijonning xotini tugʻmay yurib-yurib, birdaniga qoʻchqorday oʻgʻil tugʻib berdi. A. Qahhor, Asarlar
-
Gulsumbibi qizini nari itardi peshonasiga urib yigʻladi: — Koshki oʻlsam! Koshki ajal kela qolsa! Kuydirding, nega tugʻdim seni? Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bolalamoq (hayvonlar haqida).
-
Sigir ikkita tugʻibdi. Qoʻy tugʻibdi.
-
Oqposhshoning ovchi itlaridan yana bittasi tugʻibdi — suyunchi yigʻiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. sheva Tuxum qilmoq.
-
Tavba, tovuqdan ahmoq jonivor yoʻq — moyak qoʻysang, tugʻadi. A. Qahhor, Asarlar
4. koʻchma s. t. Foyda keltirmoq; koʻpaymoq.
-
Voy nodon odamlar! Bilishmaydiki, pul bolalab turadi, indamasdan tugʻadi, chaqaloqlari ingʻalamaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
tug‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ikkitani (yoki toʻrttani) tugʻmoq
-
Sen kelguncha, toʻrttani tugʻdim.
Kun(i) tugʻdi
-
Qor yogʻib, changʻichilarning kuni tugʻdi.
-
Yoz ham oʻtdi, kuz ham keldi, qishloq chorbozorchilarining kuni tugʻdi. S. Abdulla, Mavlaviy Mirsidiqning ijodlari
Oy tugʻdi
-
Oy tugʻib, moʻljal yaqin yetdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Qibla betdan bir oy tugʻib keladi, Oyning girdin toʻrtta yulduz oladi. Alpomish
TUG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tug‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar