tug‘il
bilan ulashing
1. Tugʻmoq feʼlining oʻzlik nisbati.
-
Chala tugʻilgan bola. Bir onadan tugʻilgan aka-uka. Ishchi oilasida tugʻilgan kishi.
-
Bir onadan alvon xil bola tugʻiladi deganlaridek, Anvarning yaratilishi ogʻalariga nisbatan boshqacha edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Biz tegi oltinsoylik boʻlamiz. Men ham shu yerda tugʻilganman. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Koʻchma Yuzaga kelmoq, paydo boʻlmoq.
-
Bizda bir fikr tugʻildi. Unda notoʻgʻri taassurot tugʻilibdi.
-
Jurnalning nomi Maorif va oʻqituvchi edi. Adolatning koʻnglida uni oʻqishga ishtiyoq tugʻildi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Muttasil olib borilgan izlanish va tadqiqotlar natijasida gripp -ni qoʻzgʻatuvchi omillarni aniqlash imkoniyati tugʻildi. Fan va turmush
TUG‘IL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУҒИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tug‘il so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar