tug‘yon
bilan ulashing
1. Toshqin, suv toshqini.
2. koʻchma Kuchli ichki tuygʻu-kechinmalar toʻlqini; zoʻr gʻalayon, gʻulgʻula.
-
Shodlik tugʻyoni. Tugʻyon qilmoq (urmoq).
-
Raʼno chuqur oʻylab qoldi. Hafiza yuragida qaynayotgan hislar tugʻyonini shundoq yuzidan sezib turardi. Mirmuhsin, Umid
-
Chagʻalayday charx uradi Betinch oʻylarim, Tugʻyon ichra jim kezaman Dengiz boʻylarin. E. Vohidov
-
Dilda yoshlik hissi tugʻyon qiladi Oʻriklar koʻpirib gullagan damda. Uygʻun
-
Ehtiros tugʻyon urgan-da, aql chirogʻi xiralashadi. T. Jalolov, Oltin qafas
3. koʻchma Gʻalayon, isyon.
-
Nur va maʼrifat sari talpinganlar, haqsizlikka qarshi tugʻyon koʻtarganlar amir zindonining abadiy mahbuslari boʻlgan. Gazetadan
TUG‘YON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУҒЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TUG‘YON so‘ziga berilgan ma’nolar
tug‘yon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
tug‘yon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing