halqum
bilan ulashing
1. anat. Ogʻiz boʻshligʻini qiziloʻngach bilan tutashtiradigan hazm yoʻlining boshlangʻich, oldingi qismi.
-
Mastonbibi hoʻplagan choyni halqumidan oʻtkazolmadi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Goh Ergash, goh Odil halqumigacha suvga yotib, qoʻl sigʻadigan har bir teshikni tintishadi. H. Ahmar, Kim haq?
-
Gʻazabidan halqumiga kelib tiqilgan tupugini zoʻrgʻa-zoʻrgʻa yutdi-da, yana qadamiga qamchi bosdi. H. Shams, Dushman
2. koʻchma Otadigan qurolning ichi, ogʻzi; ogʻiz.
-
Qaysi bir ona farzandi koʻksini zambarakning olovli halqumiga tutib beradi? S. Ahmad, Oydin kechalar
halqum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Joni halqumiga kelmoq
HALQUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛҚУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
halqum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar