hamdard
bilan ulashing
1. Kimsaning gʻam-qaygʻusini birga kechiruvchi, dardining tarqalishiga koʻmaklashuvchi; dardkash, qaygʻudosh.
-
Qani endi, uning ohu zoriga quloq soladigan biron hamdard boʻlsa-yu butun alam va hasratlarini aytib, yuragini bir oz boʻlsa ham boʻshatsa! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Shunaqa kunlarda dalda beradigan doʻst, hasratini eshitib, koʻnglini koʻtaradigan hamdard ham zarur edi Ahmadga. F. Musajonov, Himmat
-
Sinf rahbari oʻquvchining eng yaqin sirdoshi va hamdardi, maslahatgoʻyi boʻlmogʻi lozim. R. Usmonov, Odobnoma
2. Kimsaning jismoniy dardini, ogʻrigʻini yengillashtirish uchun unga yordam beruvchi, koʻmakchi.
-
Sanitarlik, yovuz dushman bilan urushda yarador boʻlib chiqqan jangchilarga hamdard boʻlish — sharafli ish. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
-
Dardmandlarga hamdard boʻlgin, Yiqilganga qoʻl uzat. E. Rahim
HAMDARD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМДАРД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hamdard so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar