kitob
bilan ulashing
1. Maʼlum matnli varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqovalangan, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan bosma (qadim qoʻlyozma ham) asar.
-
Kitob magazini. Kitob savdosi. Kitob nashr etmoq. Sheʼriy kitob. Geologiyaga oid kitob. Shaxmatga oid kitob.
-
Ahmad Husayn kitoblarni saralab, chamadanga joyladi Oybek, Nur qidirib
-
Hozir otaga qarashib turibman: choyxoʻrlarga gazeta, kitob oʻqib beraman. A. Qahhor, Asror bobo
-
Kitobning muqovasi kurkam, kitobxon uni qoʻlga olishi bilan bahridili ochilib ketadi. Gazetadan
2. Umuman, maʼlum shaxs, voqea-hodisaga va boshqalarga oid tugal, odatda, nashr etishga (kitob boʻlishga) moʻljallangan asar.
-
— Bu yaqinda katta kitobni yozib tugatadi, — deya davom etdi Zavqiy. K. Yashin, Hamza
-
Tez kunda dovrugʻim olamga yoyilib ketsa-ya mening haqimda ham kitoblar yozishsa-ya. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
KITOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КИТОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kitob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar