ham
bilan ulashing
1. bogʻl. Teng qiymatli gap boʻlaklari yoki sodda gaplarni, shuningdek, toʻliqsiz gap qismlarini bogʻlash uchun xizmat qiladi.
-
Bitibdur besh ravot ham uchta hammom. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Oʻzi choʻloq-ku, lekin shamolday tez uchadi, ham oʻzi dilkash yigit. Ishni puxta qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzi odamlar bilan gaplashib oʻtirganday koʻrinsa ham, fikri-yodi bloknotda ekani koʻrinib turar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Quyosh yashiringan boʻlsa ham, kunduzning yorugʻligi hali tamom soʻnmagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. yuklama Taʼkid, kuchaytirish bildiradi.
-
Kun ham kech boʻlib qoldi. Shu ham ish boʻldimi? Bu botinka oyogʻimga sira ham sigʻmaydi. U opasiga hech ham oʻxshamaydi.
-
U tuflisini ham yechmay, namatga oyoq qoʻydi. Gazetadan
-
Nihoyat, ular ham charchadi shekilli, vagonga sukunat choʻkdi. Gazetadan
hamdard hamfikr hamshahar hamtovoq Qoʻshma soʻzlarning tarkibiy qismi boʻlib, muayyan ish-faoliyat va shu kabilarda “birga boʻluvchi“, “birga bajaruvchi“, teng, bir xil degan maʼnolarni bildiradi: va boshqalar.
ham soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ham qilmoq
HAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ham so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar