hokim
bilan ulashing
1. tarixiy Oʻrta Osiyo xonliklarida belgili bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan xon-u bek amrini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyilgan amaldor.
-
Holvani hokim yer, kaltakni — yetim. Maqol
-
Bu hukmimizni ijro etguvchi, Tashkent hokimi Normuhammad qushbegiga marhamati shohonamiz shuldir. A. Qodiriy, Utgan kunlar
-
Bizning mayda-chuyda hokimlarimiz bir-biri bilan inoq boʻlmagani, birlasha olmagani sababli katta kuchga ega boʻlgan istilochining hamlasiga dosh berolmadik. Mirmuhsin, Meʼmor
2. tarixiy Sobiq Turkiston oʻlkasidagi ayrim shahar yoki muzofotlarda chor hukumatining siyosatini oʻtkazish uchun belgilab qoʻyilgan yuqori mansabli amaldor.
-
Mahkama binosiga ketgan oʻt obdan avjiga chiqqan bir paytda shahar hokimi Medinskiy va podpolkovnik Kitayevlar ikki vzvod jazo otryadi bilan maydonga kirib keldi. K. Yashin, Hamza
-
Aʼyonlar supada, odamlar yerda oʻtirib, gʻala-gʻovur tinchigandan keyin, hokim odatdagicha tilmoch orqali xalqni ogohlantirdi. I. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Umuman, hukmini, buyrugʻini oʻtkazuvchi (shaxs, sinf va shu kabilar)
-
Hokim sinf.
-
Ulardan [amaldorlardan] hech bir kishiga yomonlik kelmaydi, ular yolgʻiz tartibni talab qilishadi. Chunki ular — hokim, biz — fuqaro. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Oʻzbekiston Respublikasida: viloyat, shahar va tumanlarning birinchi rahbarlik lavozimidagi shaxs; hokimlikning birinchi rahbari.
-
Bu muhim masalaning muhokamasi uchun kengashga viloyat, shahar va tuman hokimlari taklif etildi. Gazetadan
5. koʻchma Oʻz ixtiyoriga olgan, egallagan narsa haqida; hukmron.
-
Munkillagan kampirlar jim sham yoqadi mozorlarda, Saratonning isi hokim mudrab yotgan bozorlarda. X. Davron, Tungi bogʻlar
-
Tuni boʻyi koʻk yuzining hokimi boʻlgan oy yotogʻiga otlanayotgan shu palladagi salqin, musaffo shabada rohat baxsh etardi. R. Fayziy, Kishilarimiz qissasi
-
Oʻz-oʻzimni tutdim savolga, Hokim edi qalbda bir tuygʻu. N. Narzullayev
6. Hokim (erkaklar ismi).
hokim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hokimi mutlaq
Hokim boʻlak
HOKIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОКИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hokim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar