hojat
bilan ulashing
1. Keraklik, zarurlik, zaruriyat.
-
Bu gapning nima hojati bor.
-
Ish tamom, vassalom. Bunday koʻz yoshi tomizib oʻtirishning hech hojati yoʻq. S. Ayniy, Qullar
-
Koʻrmana hojat boʻlsa, unga ham tayyormiz! A. Qodiriy, Obid ketmon
2. Biror narsaga boʻlgan talab; ehtiyoj.
-
Hasan soʻfi bilan Alim buva oʻz dardlariga tushunguvchi dardmand, hojatlarini anglovchi hojatmand izlardilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Uning oldiga kimki biror hojat bilan kelsa, noumid qaytmagan. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Shudir nasihatim: kechikmay yetkar, Rustamday qoʻzimning hojatin bitkar. Murodxon
3.
hojat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hojati ravo boʻlmoq
-
Otamning oʻlimida ham u hojatimizni ravo qilib bizni yuz tanga — 15 soʻm qarzdor qildi. S. Ayniy, Esdaliklar
Hojati chiqmoq yoki hojatini chiqarmoq
-
Jamoa idorasi ayvonida yurgan bir-ikki kishi, hojatlari tezda chiqmagani uchun boʻlsa kerak, asabiylanar va boloxonadan koʻchaga zoʻr berib nos tupurardilar. H. Shams, Dushman
-
Umirzoq ota bir necha pud bugʻdoyni oqlab, besh-olti kishining hojatini chiqardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
qurilish materiallari kombinati sement va betonlar yetkazib, binokorlar hojatini chiqarmoqda. Gazetadan
HOJAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОЖАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hojat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar