ho
bilan ulashing
1. undov so‘z 1 Chaqiriq, murojaatni bildiradi; hoy, hey, ey.
-
— Bolalar, ho bolalar! — deb chaqirib qoldi Boqi, zvenosining yerlarini aylanarkan. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
— Qani, ho yigitlar! Ishga! Ishga, azamatlar! — degan tovush eshitildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Chaqiriqqa javob tarzida “ha”, ha, nima deysiz, eshitaman kabi maʼnolarda ishlatiladi.
-
Birov chaqiryapti, ho deb qoʻy.
3. “o” — choʻziq) (Taajjublanish, ishonmaslik, kesatish kabi maʼnolarni bildiradi.
-
— Eng baland choʻqqiga chiqdik. — Ho, shunaqami?
-
— Ho, hali shunday deng. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
4. bolalar Rozi emaslik, rad etish kabi maʼnolarni ifodalaydi.
-
— Oʻyinchogʻingni berib tur! — Ho! (bermayman).
5. Suyunch, hayajon ifodalaydi (choʻzibroq talaffuz etiladi).
-
[Yusufbek hoji ]
-
Hasanalini koʻrishi hamoni: — Ho-o-o, bizning Hasanali-ku! — dedi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
aynan Hov I 1.
-
Choʻpon qarshi tomondagi togʻning osmonga tegay deb turgan choʻqqisini koʻrsatdi: — Ho, koʻrdingmi, burgut qoʻnib turgan choʻqqini? P. Tursun, Oʻqituvchi
ho soʻzi qatnashgan jumlalar:
ho-yu havas
-
Yaqindagina avtomobil yurt-doshlarimiz uchun ho-yu havas hisoblangan boʻlsa, bugungi kunda u odatdagi transport vositasiga aylandi. Gazetadan
-
Menimcha, aqllilikning nishonasi shuki, oqil kishi oʻz nafsi ustidan hukmron boʻladi, sabr va chidamga ega boʻladi, ho-yu havasni oʻzidan uzoqlashtirib, aql doirasidan chetga chiqmaydi. Gazetadan
HO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ho so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar