hodisa
bilan ulashing
1. Tabiatda, jamiyat hayotida yuz beradigan oʻzgarish.
-
Mudhish hodisa. Quvonchli hodisa. Baxtsiz hodisa. Kutilmagan hodisa.
-
Hodisa roʻy bergan joyga zudlik bilan yetib borgan operativ guruh aybdorlarni topmadi. Gazetadan
-
Boburnomani varaqlar ekansiz tabiiy hodisalar tasviriga duch kelasiz. Fan va turmush
-
Yoshi yigirma ikkiga qadam qoʻyganda, Beruniyni ham hodisalar seli yumalatib, oʻzi bilan birga janubga olib ketdi. M. Osim, Jayhun ustida bulutlar
-
Bular endi bir hovlida turish emas, bir uyda yotib qolishni ham birovning eʼtiborini jalb qiladigan hodisa deb bilishmas edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlar
2. Biror narsaning voqelanishi, voqelanish fakti.
-
Qishdan keyin bahorning kelishi obyektiv hodisa.
-
Soʻz boʻgʻinlaridan birining yoki gapdagi soʻzlardan birining ajratib, kuchli talaffuz etilishi hodisasi urgʻu deyiladi. Oʻzbek tili darsligi
-
Bir jismdan chiqib tarqalgan tovushning boshqa jismga urilib, tebranish hosil qilishi rezonans hodisasi deb ataladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
HODISA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОДИСА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hodisa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar