hokimlik
bilan ulashing
1. Hokim ishi, vazifasi; shu vazifaga mansub, tegishli.
-
Hokimlik libosi.
-
Yusufbek hoji: — Mening birinchi xolis tilagim, albatta, mazlum xalq tilidan boʻladir; bundan soʻng Toshkent hokimligiga har qanday boʻlmagʻur odam qoʻyilmasin! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Temurbek, mulozimlari qurshovida borib, hokimlik taxtiga oʻtirdi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
2. Hokim, hukmron holati; hukmronlik (toʻgʻri va koʻchma maʼnoda).
-
Zamon ishchi, dehqon zamoni boʻlib, chinovniklarning hokimligi, yerlik xalqning mahkumligi bitgan. Gazetadan
-
Rashkli alam oʻyi hokimlikni oʻz qoʻliga oldi. M. Karimov, Seni deyman, jonim
3. Oʻzbekiston Respublikasida: viloyat, shahar, tuman boshqaruv organlari va ular oʻrnashgan joy.
-
Shahar hokimligidan vakillar keldi.
4. tilshunoslik Oʻzaro aloqa (bogʻlanish)da biror qismning hokim vaziyati; zid. tobelik. Masalan, keng koʻcha, beshinchi xona birikmalaridagi koʻcha, xona soʻzlarining vaziyati.
hokimlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hokimlik qilmoq
-
Xullas, har qaysisi oʻzi hokimlik qilayotgan oʻlkada fan va sanʼat, obodonchilik ishlariga eʼtibor berardilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Uydan chiqqanidan beri taniga hokimlik qilib kelayotgan karaxtlik shu onning oʻzidayoq gʻoyib boʻldi-qoldi. S. Ahmad, Ufq
HOKIMLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОКИМЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hokimlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar