hol
bilan ulashing
1. Hayotdagi muayyan bir holat, vaziyat; ahvol.
-
Umidli, izlanuvchan yoshlarimizning koʻpligi quvonchli holdir. Gazetadan
-
Shunaqa, bu choʻlni osonlikcha yengmaganmiz, qurbonlar berib, jon fido qilib, shu holga keltirganmiz. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
maktabda oʻqish-oʻqitish ishlari mustahkam izga tushib ketdi. Bu hol qishloqda sezilmay qolmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Darvozalar yonida sarbozlar yurib turishi dushmanga qarshi tadbir-choralar koʻrilayotganini hisobga olmaganda, shahar oʻlik holda edi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Kimsa yoki narsa jismida yuzaga kelgan muayyan holat.
-
Avtor yana oʻz savlatli holiga qaytdi. Qaddini gʻoz tutganicha, oyogʻini kerib, yirik-yirik qadam tashlab chiqib ketdi. F. Musajonov, Himmat
-
Oʻzim-ku, gʻoʻzalarni shu holga yetkazguncha lablarimni(ng) uch marta poʻsti tushdi. S. Nurov, Narvon
3. Kishining jismoniy va ruhiy jihatdan oʻzini sezishi; jismoniy va ruhiy holat; kayfiyat, avzo, koʻrinish.
-
Meʼmorning xayol surib, giyohvandlardek qotib qolganini koʻrgan Horunbek ustod baʼzan shunday holga tushib qolarmikan, bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb oʻylardi. Mirmuhsin,Meʼmor
-
Teshaboy, bir tomondan, kooperativchining holiga achindi, ikkinchi tomondan, gitlerchilarga xizmat qilayotganidan gʻazablandi. T. Rustamov, Mangu jasorat
4. oʻ.-p. k. (shaklida — holda) Holat bildiruvchi (gʻamgin, maʼyus kabi) baʼzi soʻzlar, shuningdek, -gan affiksli feʼl bilan qoʻllanib, biror harakat-holatning shu soʻz bildirgan holatda yuz berishi, bajarilishini bildiradi.
-
Husaynning dadasi maʼyus holda, bilinar-bilinmas bosh chayqab qoʻydi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
-
Suyum ogʻa garang, dardli, och holda tepa ustiga chiqqach, yana boyagidek, orqa-oldiga qaradi. N. Fozilov, Diydor
-
Husayn Boyqaro qiyiq, tez oʻynaydigan koʻzlarini shoirga tikib, gʻamgin holda dedi Oybek,Navoiy
-
Imom yerga qaragan holda boshini qimirlatib qoʻydi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
5. Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, ruhiy yoki jismoniy imkoniyat, kuch-quvvat maʼnosini bildiradi.
-
Uning oh degani holi yoʻq. S. Siyoyev, Avaz
-
Bolaning yigʻlashga ham holi qolmagan edi. Gazetadan
-
Xosiyat xola bir hoʻplam choy ichgan boʻldi-yu, holi kelmay, yotib qoldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
6. tilshunoslik Ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilish sababi, maqsadi, oʻrni, payti va shu kabilar belgilarini bildiradigan ikkinchi darajali boʻlak. Qanday belgini bildirishiga koʻra holning
-
sabab holi, oʻrin holi, payt holi, tarz holi kabi turlari farqlanadi. Kecha koʻrdim (kecha — payt holi). Koʻchada uchrashdik (koʻchada — oʻrin holi) va boshqalar
hol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Holiga voy
-
Oʻz pirini beobroʻ qilgan, yuziga oyoq tirab ketgan bandaning holiga voy! Mushtum
Aks holda
Arzi hol aylamoq (yoki qilmoq)
Ahli hol
Ilmi hol
-
Madrasalarda ilmi hol oʻgay oʻgʻil holatiga tushib qoldi. M. Osim, Ibn Sino qissasi
Tarjimayi hol
-
Xayr, ketmagan ham boʻlsin. U holda, oʻzingiz aytgandek qilib, toʻppa-toʻgʻri ertaga Salim sharbatdorning oldiga boraman-da, oʻgʻlingni Mirzakarim akaning toshkentlik kuyovi oʻldirdi, men oʻz koʻzim bilan koʻrdim, deyman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Oʻz holiga
-
Shunday qilib, bechora Sodiqni oʻz holiga qoʻymay, koʻchadan anchagina nariga surgab ketdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Meʼmorni oʻz holiga qoʻyib berish kerak. U shuni xohlardi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Boshini koʻtarib, yelkalarini oʻz holiga qoʻydi, oyoqlarini ham uzatdi. S. Karomatov, Oltin qum
Oʻz holicha
-
Uyda oʻz holicha ivirsib yurib, temir-tersaklar yigʻdi, asboblar topdi, ishlay boshladi. R. Fayziy, Hazrati inson
Hol tili
-
Bu ikki yosh orasida sevgi aloqasi haligacha tilga olinmagan va har ikkalalari ham bir-birovlariga oʻz ichki kechinmalarini yolgʻiz hol tili bilan izhor qilmoqda edilar. S. Ayniy, Doxunda
-
Narigi uvat bilan bunisi bir-biriga nisbatan farqini hol tili bilan soʻzlab turadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
HOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar