tarasha
bilan ulashing
1. Yorib maydalangan oʻtin.
-
Quruq tarasha. Tarasha tayyorlamoq.
-
Koʻmir yoʻqligidan, tarasha choʻgʻi tanchani birpas bozillatib soʻngan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Keyin u ayvondagi samovarni puflab, oʻtxonasiga tarasha tashlay boshladi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
2. koʻchma Quruq, qattiq narsa yoki qotma odam haqida,
-
Uning qoʻllari bamisoli tarasha.
3. Shunday qotma, quruq odamning ismiga qoʻshib aytiladigan laqab.
-
— Polvon, bas, Hamzaxonni charchatib qoʻymaylik, — dedi Mahmud tarasha K. Yashin, Hamza
tarasha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tomdan tarasha tushganday
-
Xoliqning tomdan tarasha tushganday gaplari tagʻin kulgimni qistatdi. H. Nazir, Bir tup gʻoʻza
-
Qiziq, tuppa-tuzuk yigit, u yoʻq-bu yoʻq, tomdan tarasha tushganday birdan sovchi yuborgani qanaqasi. O. Yoqubov, Bahor kunlaridan birida
TARASHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРАША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan TARASHA so‘ziga berilgan ma’nolar
tarasha so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tarasha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar