tarbiya
bilan ulashing
1. Taʼlim, axloq-odob va shu kabilarni oʻrgatib, singdirib, insonni voyaga yetkazish, ulgʻaytirish, oʻstirish.
-
Internat tarbiyasida oʻsgan bola.
-
Abdurahmon otasi oʻlib, onasi va ota tomonlari tarbiyasida qoldi. A, Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Qiz oʻn olti yoshgacha bu oilada, muzika muallimi boʻlgan kambagʻal amakining tarbiyasida oʻsdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Insonda ish-hunar, odob-axloq va shu kabilarni shakllantirish, rivojlantirishga, uning jamiyatda yashashi uchun kerak boʻlgan xislatlarga ega boʻlishini taʼminlashga qaratilgan ish-amallar majmui va shu yoʻl bilan singdirilgan odob-axloq, xislat, fazilat kabilarning oʻzi.
-
Siyosiy tarbiya. Gʻoyaviy tarbiya. Maktab tarbiyasi. Tarbiyasi buzuq odam. Tarbiyasi yaxshi bola,
-
Yosh avlod tarbiyasida yuqori samaraga erishish uchun bir qator shart-sharoitlar barqaror boʻlishi lozim. Gazetadan
-
Bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, tarbiya esa buyuk ish. Saodat
3. Maʼlum tartib, usul asosida qarab, ishlov berib oʻstirmoq; parvarishlamoq (oʻsimlik va hayvonlar haqida).
-
Gʻoʻza tarbiyasi ogʻir ish.
tarbiya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tarbiya bermoq
-
Bolaga oila ham, maktab ham tarbiya berishi, odob-axloq oʻrgatishi shart. Gazetadan
Tarbiya olmoq (yoki koʻrmoq, topmoq)
-
Xorst Shuster oʻn yoshgacha maktabda shunday tarbiya olgan: Urush juda qiziq narsa boʻladi. Katta boʻlganingda, bir oʻzing yuzta dushmanni oʻldirasan A. Qahhor, Asarlar
-
Zargarov uzun soʻzdan xulosa chiqarib: — Men yoshligimda shunday tarbiya koʻrsam, hozir yerda turib, oyda chorvachilik qilar edim, — dedi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Mundoq joyda tarbiya topgan kishi qandoq olim insofli va shafqatli boʻlsa kerak. Hamza, Tanlangan asarlar
Tarbiya qilmoq
-
Oʻn bir yoshlik Temir, toʻqqiz yoshlik Qobil va Anvarlarni tarbiya qilish ogʻirligi Nodiraning ustiga tushdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Shuncha tahsil va tarbiya berganlaringiz uchun rahmat! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Hali nishona qilmagan mevani hisobga kiritasanmi? Avval tarbiya qil, gullasin, undan keyin mevasiga savat toʻqisang arziydi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Buzoqligidan oʻzi tarbiya qilgan, unga oʻrgangan edi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
Jismoniy tarbiya
TARBIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРБИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarbiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar