taʼb
bilan ulashing
1. Kishining xarakterida, uning kishilarga, narsalarga munosabatida namoyon boʻladigan ichki tabiat; yoqtirish-yoqtirmaslik jihatdan koʻngli.
-
Podshohning muborak taʼblari hashamatga moyil koʻrinadi. Oybek, Navoiy
-
Lutfdan maroqlanish, lazzat olishda individning xarakteri, taʼbi, fahm-farosati katta ahamiyatga ega. OʻTA
-
Bu jahonda, deydilar, Har kimda bor bir oʻzga taʼb, Menga may, bulbulga tong, Gul bargida shabnam shirin. E. Vohidov, Muhabbat
2. Xohish, ixtiyor; ragʻbat.
-
Birovlarning taʼbiga qarab ish qilmoq.
-
Nurining hech qanday soʻzga, ishga taʼbi yoʻq edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Alay-balay desam, tutib olib urish ham taʼbida bor. H. Shams, Xarakteristika
-
— Mana bu kreslo ham sizga havola. Oling, menga bir oddiyroq stul bersangiz boʻladi, — dedi Mohidil. — Taʼbingiz, — dedi sekretar qiz. J. Abdullaxonov, Toʻfon
taʼb soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼbi olinmoq
-
Haydar nimadandir Anorxonning taʼbi olinganini sezdi. I. Rahim, Ixlos
Taʼbi ochilmoq
-
Sidiqjon Oʻrmonjonning oldidan taʼbi ochilib chiqib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Taʼbi tortmoq yoki taʼbiga yoqmoq
-
[Yormat] Baʼzi bir taʼbi tortgan odamlarga: Toʻyga birga boʻling! deb qoʻyadi oʻzicha. Oybek, Tanlangan asarlar
Taʼbi xira (yoki tirriq, kir, xufton, namozshom)
-
Boʻta uzoq, uxlab qolganidan taʼbi xira boʻlib, hovliga tushdi. S. Ahmad, Hukm
-
Avazning taʼbi tirriq edi, indamadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Ertalabdan direktorning taʼbini xufton qilishning nima keragi bor. Mushtum
-
Sherbekning qulogʻiga gap kirmas, taʼbi namozshom edi. S. Anorboyev, Oqsoy
TAʼB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼb so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar