tabarruk
bilan ulashing
1. Ulugʻ hurmatga sazovor, gʻoyat hurmatli, moʻtabar va aziz.
-
Tabarruk chol.
-
Qishloqning tabarruk onaxonlari uyda beshikka gavrapoʻsh yopishayotgan ekan. E. Usmonov, Yolqin
-
Tabarruk inson Shoahmad aka aytgandek, Hamma millat bolalari bir bola edi. R. Fayziy, Taʼzim
2. Yaqin, moʻtabar kimsa yoki narsani eslatadigan, undan esdalik, yodgorlik boʻlib qolgan.
-
Otamdan qolgan tabarruk kitob.
-
[Navoiy:] Endi, siz bu tabarruk qilich bilan davlatimizni, saltanatimizni, mamlakatimizni va uning sanʼatini himoya qiling! Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
3. Ilohiy kuchga ega boʻlgan; muqaddas; aziz-avliyolarning nazari tushgan.
-
— Makkatulloda, tabarruk yerda erimga qurʼon oʻqitarman, gunohlarini xudodan yigʻlab tilarman, degan niyat qanot boʻldi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Elimiz nonni va donni tabarruk hisoblab, peshonasiga surtadi. Gazetadan
-
Ona! Dunyodagi eng aziz, eng laziz va tabarruk, eng muhtaram kalom bu! Saodat
TABARRUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАБАРРУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tabarruk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar