tabiat
bilan ulashing
1. Butun mavjudotni oʻz ichiga olgan olam, borliq.
-
Tabiat zap qiziq narsa-da. Unda hamma narsa mavjud, hamma narsaning oʻz oʻrni, oʻz mavqeyi bor. N. Fozilov, Diydor
-
Tabiatning hech kimga boʻysunmaydigan, birovdan ruxsat ham soʻrab oʻtirmaydigan qonunlari bor. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Kuzda tabiatning jonli va faol vakili — odam organizmi ham tiniqadi. Gazetadan
2. Insoniyat va hayvonotdan oʻzga olam.
-
Tabiat bilan odam bolasi qiyoslansa, bir-biriga oʻxshashi aqlni hayratga soladi. Gazetadan
-
Ketdi qirdan turna ham, Boʻshab qoldi tabiat A. Oripov, Yurtim shamoli
-
Tabiatda uchraydigan minerallarning baʼzilari sanoat ahamiyatiga ega. Gazetadan
3. Oʻt-oʻlan, oʻsimlik va boshqalar narsalar band etgan tevarak-atrof, qir-adir, oʻrmon va shu kabilar.
-
Otabek tabiatning shu koʻrkam va latif koʻrinishiga maftun boʻlib, bir oz yotgandan keyin, Ul ham boʻlsa edi, deb oʻyladi va uzoq tin olib qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tabiat sokin, ufq jimirlaydi A. Muxtor, Chinor
-
Tabiat oʻz tilida roz aytib shivirlar ekan, yigit bundan oʻz quvonchining madhini oʻqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Kechagi changbosti yomgʻir tabiatga husn berib ketganidek, odamlarning ham bahridilini ochib yubordi. N. Fozilov, Diydor
4. Yer sathining maʼlum bir jihatini aks ettiruvchi belgi, xususiyat yoki holati.
-
Bu yerning goʻzal tabiati va zilol suv manbalari odamlarga orom bagʻishlaydi. Gazetadan
-
Boburnomani varaqlar ekansiz tabiat manzaralari chizilgan lavhalarga duch kelasiz. Fan va turmush
5. Inson ruhiyatiga xos asosiy, turgʻun xususiyatlar majmui; xarakter, feʼl.
-
— Oʻzi juda ogʻir va aqlli yigit, buning ustiga qiziq tabiati ham bor, — dedi Usta Olim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U [Vali aka] tabiatining ogʻirligiga qaramay, oʻrnidan sapchib turib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Mirzakarimboyning qizi Nurinisoning tabiatida yengillik bilan makr ustun turar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Doim zaxda oʻtirib ishlaganimdanmi yoki oʻzimning tabiatimda zaiflik bormi — ishqilib, koʻp vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. koʻchma Narsaga xos biror belgi, xususiyat.
-
Planetalarning fizik tabiati.
-
Turkiy tillarda choʻziq unlilarning tabiati koʻpdan mutaxassislarning diqqatini jalb qilib keladi. OʻTA
7. Kayfiyat, ruhiy holat.
-
Tojiboyning Gulsumga jazmanligi toʻgʻrisidagi gaplar esiga tushib, tabiati bir oz xira boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Ahmad oʻz xonasiga kirsa, Tolib aka yoʻq ekan. Uning tabiati ravshan edi. F. Musajonov, Himmat
8. Did, farosat.
-
Tabiati nozik odam. U odamning tabiatini qarangki
9. Yaratuvchi, ato etuvchi, boshqaruvchi ilohiy kuch-qudrat timsoli.
-
Tabiat bu diyorga shunday sehrli kuch ato etganki, uning tup-rogʻida har qanday oʻsimlik bahra oladi. Gazetadan
-
Aslida tuproqni odil tabiat Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng. A. Oripov, Yillar armoni
tabiat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Past tabiat
-
[Qodirqul:] Bu boyning tabiati shunaqa pastmi? Hamza, Boy ila xizmatchi
Soʻfi tabiat
-
Tomma-tom qochib ketayotganimni baʼzi uyqusi ziyrak, soʻfi tabiat qari-qartanglar ham koʻrib qolgan edilar. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
Tabiati koʻtarmaydi (yoki tortmaydi)
Toʻqim tabiat
TABIAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАБИАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tabiat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar