tabiiy
bilan ulashing
1. zid. Tabiatning oʻzida mavjud boʻlgan, inson taʼsiri boʻlmagan; sunʼiy.
-
Tabiiy boyliklar. Tabiiy sharoit. Tabiiy gaz.
-
Tuz tabiiy konlardan va shoʻr suvlardan olinishi maʼlum. Fan va turmush
-
Uning fikricha, sunʼiy shoxlatilgan gʻoʻzaning yuzta sunʼiy koʻsagidan koʻra shoxlatilmagan gʻoʻzaning oʻnta tabiiy koʻsagi afzalroq — ogʻir va paxtasining tolasi uzun boʻlishi kerak edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Issiqkoʻl sohillarini tabiiy shifobaxsh maskan, deya bejiz aytishmaydi. Gazetadan
2. Tabiatning oʻz asl holati, qonun-qoidalari bilan bogʻliq boʻlgan, bogʻliq holda yuz beradigan.
-
Tabiiy tanlanish. Tabiiy oʻzgarishlar.
-
Boburnoma ni varaqlar ekansiz, oʻrni-oʻrni bilan tabiat manzaralari chizilgan lavhalarga, tabiiy hodisalar tasviriga duch kelasiz. Fan va turmush
-
Bu tabiiy ofat [er qimirlashi) kishilarning irodasi mustahkam, bir-biriga madadkor ekanligini yana bir bor isbotladi. Gazetadan
3. Aslida (yaratilishida) bor boʻlgan, tugʻma.
-
Labidagi tabiiy xoli oʻziga yarashgan.
-
Tabiiy holati buzilmagan tuproqning unumdorligi tuproqning tabiiy unumdorligi deb ataladi. Fan va turmush
4. kesim vzf. Odatga, mantiqqa toʻgʻri (keladigan), boʻladigan hol.
-
Yangi yil arafasi-da har bir qalbda eng dilbar orzular oshib-toshadi, bu — tabiiy. Saodat
-
Katta ish bajarayotganda, odam mayda-chuyda kamchiliklarga yoʻl qoʻyishi tabiiy. F. Musajonov, Himmat
-
Kishi ogʻir damlarda qadrdon doʻstlarini yodga olar ekan, yurtini qoʻmsashi tabiiy. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
5. modal so‘z Albatta, oʻz-oʻzidan, shubhasiz, aniq.
-
Tabiiy, Xushroʻyning feʼlini yaxshi bilgan ota-ona uning raʼyini olmasdan turib, bir ish qilmoqdan qoʻrqardilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Soʻzamol, badavlat qari togʻaning birdan koʻz yumib, sukutga botishining sababini, tabiiy, Yoʻlchi tushunmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kech. Tabiiy, bu chogʻ kishilar orom ogʻushida. N. Safarov, Olovli izlar
tabiiy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tabiiy fanlar
-
Nega oʻrta asrlarda tabiiy fanlar jahonni hayratga solarli darajada taraqqiy etib, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino kabi allomalar yetishib chiqdi? S. Karomatov, Oltin qum
TABIIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАБИИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tabiiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar