taʼbir
bilan ulashing
1. Biror jihatdan taʼriflovchi yoki tugal maʼno anglatuvchi qisqa ifoda, ibora.
-
Dehqonlarning taʼbiricha, ekin kun sanaydi.
-
Uning soʻzlarida qishloq kambagʻallari tushunmaydigan istiloh, taʼbir jumla yoʻq. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Fozil Shoislomovich ayrimlarning taʼbiri bilan aytganda, bir qop yongʻoq edi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Maʼnosini tushuntirish; izoh, sharh.
-
Tushning taʼbirini aytib bermoq.
-
Kamalak koʻribsan, buning taʼbiri: Yetti rang quyosh-u qutlugʻ peshona. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
taʼbir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼbir joiz boʻlsa
-
Shovvozlarimiz, taʼbir joiz boʻlsa, choʻlga dastlab hujum boshlagan tankchilarimiz shular. I. Shamsharov, Qahramonlik yoʻli
-
Taʼbir joiz boʻlsa, tomir urishini sezib turish kerak. Gazetadan
TAʼBIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪБИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼbir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar