tarbiyala
bilan ulashing
1. Boqib va taʼlim berib katta qilmoq, voyaga yetkazmoq, oʻstirmoq.
-
Oʻn bir bolani tarbiyalagan ona.
-
Rahmat, ona, Botiralidek oʻgʻilni tuqqaningiz, tarbiyalab oʻstirganingiz uchun rahmat! H. Gʻulom, Mashʼal
2. Ilm-hunar berib, odob-axloq oʻrgatib yetishtirmoq
-
Maktabimiz tarbiyalagan bolalardan koʻp olimlar yetishib chiqdi.
-
Kim aytadi buni ogʻir qiz deb, olov-ku! Toʻgʻri, sal yovvoyiligi bor. Ammo oʻzim tarbiyalab olaman. F. Musajonov, Huri
3. Muntazam, izchil tarbiya yoʻli bilan gʻoyaviy, maʼnaviy yoki boshqa jihatdan shakllantirmoq, yetishtirmoq.
-
U oʻzbek sanʼatining faxri boʻlib qolgan koʻpgina talantli artistlarni tarbiyalab oʻstirdi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Ayni paytda har bir toshkentlikda vatanparvarlik tuygʻusini, shahar boyligiga boylik, chiroyiga chiroy qoʻshishga boʻlgan intilishni sobitqadamlik bilan, izchil tarbiyalash kerak. Gazetadan
4. Parvarish qilmoq,
-
Bu koʻchatlarni oʻzimiz tarbiyaladik.
TARBIYALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАРБИЯЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tarbiyala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar